ALOQA UCHUN

Unutma, seni oilang kutmoqda...

Unutma, seni oilang kutmoqda...
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Mustahkamlik va xavfsizlik texnikasi xizmati tomonidan Toshkent viloyatining tuman, shahar elektr ta’minoti korxonalari hodimlari uchun Boshqaruv raisi Ulug‘bek Mustafoyevning "Har biringizning hayotingiz men uchun qadirli" shiori ostida o’quv-seminari o‘tkazildi.


Viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi vakillari, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mas’ullari ishtirokida o‘tkazilgan  o‘quv-seminarida xodimlarga kasb malakasi va xavfsizlik texnikasiga doir qoʻshimcha tushunchalar berib o'tildi. 

Shuningdek, joriy yilda tizimda sodir bo'lgan baxtsiz xodisalar atroflicha tahlil qilinib, ularning kelib chiqish sabablari hamda baxtsiz hodisalarning oldini olish bo'yicha tegishli ko'rsatmalar berildi.

О‘quv seminar davomida xodimlarga ish faoliyati davomida “Unutma, seni oilang kutmoqda...” shiori ostida zarur kо‘rsatmalar berildi.

Seminar yakunida hodimlarning ish jarayonida texnika xavsizligi qoidalariga qat'iy rioya qilish kerakligi yana bir marta eslatib o‘tildi. Xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.

  • 07.12.2023
  • 1443
Sayt xaritasi