XALQCHIL DAVLAT, BARQAROR TARAQQIYOT VA FAROVON HAYOT ASOSI
Bugun, 06 dekabr kuni “Hududiy elektr tarmoqlari” AJda О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 31 yilligi bayrami munosabati bilan adliya organlari hamda Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat” jamoatchilik markazi faollari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
Ma’lumki, 2023 yil 21 noyabrda Prezidentimizning “О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik kо‘rish va uni о‘tkazish tо‘g‘risida” 72-son farmoyishiga asosan, mehnat jamoalarida О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi kunini munosib kutib olish va yuksak saviyada nishonlash, Asosiy qonunimizda belgilangan demokratiya, erkinlik va tenglik, ijtimoiy adolat va birdamlik g‘oyalari atrofida fuqarolarni jipslashtirish, “Konstitusiya – xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi!” degan bosh g‘oyani о‘zida mujassam etgan tashkiliy-amaliy hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni о‘tkazish belgilangan.
“Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan bugungi uchrashuvda ham sо‘nggi yillarda iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy-ma’naviy hayotning turli sohalarida amalga oshirilayotgan keng kо‘lamli islohotlar va bu borada erishilayotgan natijalarni mustahkamlashda yangi tahrirdagi Konstitusiyaning о‘rni va roli tobora oshib borayotgani haqida tо‘xtalib о‘tildi.
Jamiyat Boshqaruv raisining birinchi о‘rinbosari Alvar G‘aybullayev tadbirni kirish sо‘zi bilan ochar ekan, yig‘ilganlarni yurtimiz bо‘ylab keng nishonlanayotgan shukuhli bayram bilan tabriklab, bugungi kunda yangi tahrirdagi Konstitusiya asosida inson huquq va erkinliklari sohasida mutlaqo yangi bosqichga о‘tish, mulkiy huquqlarning ishonchli himoyasini ta’minlash, ushbu huquqlarni cheklayotgan omillarni bartaraf etish, sog‘liqni saqlash, ilmfan, madaniyat, san’at va sport sohalarini rivojlantirish, nuroniylar, xotin-qizlar va yoshlarga doimiy e’tibor va g‘amxо‘rlik kо‘rsatish, oila, onalik, bolalik va otalikni himoya qilish bо‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlarning barchasi yuqoridagi hayotiy shiorni о‘zida mujassam etganiga yig‘ilganlar e’tiborini qaratdi.
Darhaqiqat, 2023 yil 30 aprel kuni bо‘lib о‘tgan umumxalq referendumida xalqimiz о‘zining yuksak siyosiy ongi, huquqiy madaniyati va dunyoqarashini namoyon etib, yangi tahrirdagi О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasini qabul qilish orqali davlatchilik, ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va sud-huquq sohalarini bundan keyin ham barqaror rivojlantirish uchun mustahkam zamin yaratdi.
Tadbirda Mirobod tuman adliya bо‘limi bosh yuriskonsulti Abror Berdiyev, О‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, Ma’naviyat fidoyisi Tо‘lqin Eshbek о‘z ma’ruzalari bilan qatnashib, Yangi Konstitusiyamiz mazmun-mohiyati va uning avvalgi konstitusiyadan farqli tomonlari, Asosiy qomusimiz hayotimizda yuz berayotgan о‘zgarishlar va qо‘lga kiritilayotgan yutuqlarning bosh omili ekanligi borasida о‘z fikr-mulohazalari bilan bо‘lishdilar.
“Hududiy elektr tarmoqlari” Matbuot xizmati