ALOQA UCHUN

NAVOIYDA ELEKTR ENERGIYASIDAN NOQONUNIY FOYDALANAYOTGAN MAYNING FERMASI ANIQLANDI

NAVOIYDA ELEKTR ENERGIYASIDAN NOQONUNIY FOYDALANAYOTGAN MAYNING FERMASI ANIQLANDI

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Navoiy hududiy filiali hamda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida ayni kunlarda hududlarda iste’molchilarning noqonuniy elektr energiyasidan foydalanishlarini oldini olishga qaratilgan reyd tadbirlari о‘tkazilmoqda.

Qiziltepa tumanida о‘tkazilgan navbatdagi tungi reyd tadbiri davomida tumanning "Yashnaobod" mahallalasi hududida joylashgan “Xayrullo-Narzullo” fermer xo’jaligiga tegishli dala shiyponida elektr hisoblagichsiz, о‘zboshimchalik bilan 47 dona mayning qurilmalari, sovutish va yoritkich moslamalari hamda boshqa elektr qurilmalarini tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri elektr tarmog‘iga ulagan holda, noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlangan hamda mazkur holat bо‘yicha dalolatnoma rasmiylashtirilgan.

Dastlabki qayta hisob-kitoblarga kо‘ra, “Xayrullo-Narzullo” fermer xo’jaligi tomonidan filial manfaatiga 484,8 ming.kVt. yoki 436,3 mln.sо‘m zarar yetkazilganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarorlariga asosan  noqonuniy foydalanilgan mayning fermalariga nisbatan 5 barobar о‘suvchi koyeffitsiyent qо‘llanib, 2.2 mlrd sо‘m mablag‘ undirishga hujjatlar rasmiylashtirildi. Huquqbuzarga 5 barobar о‘suvchi koyeffitsiyent bilan jarima tariqasida 1,8 mlrd.sо‘m qо‘shimcha xisob-kitob qilindi.

Mazkur holat huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan о‘rganishlar olib borilmoqda.

  • 06.12.2023
  • 1050
Sayt xaritasi