ALOQA UCHUN

«HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI» AJ MARKAZIY APPARATIDAGI BO‘SH ISH O‘RINLARIGA TAKLIF ETADI

«HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI» AJ MARKAZIY APPARATIDAGI BO‘SH ISH O‘RINLARIGA TAKLIF ETADI

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Markaziy apparatidagi “Kiberxavfsizlikni ta’minlash xizmati”ga quyidagi talablarga javob beradigan nomzodlar doimiy ishga qabul qilinadi:  

Xizmat boshlig’i:

  1. Kiberxavfsizlik yо‘nalishi sohasida oliy ma’lumotli diplomga ega bо‘lishi;
  2.  Axborot va Kiberxavfsizlik sohasida eng kamida 3 yillik ish tajribasiga ega bо‘lishi;
  3. O’zbekiston Respublikasining Axborot va Kiberxavfsizlik sohasi bo’yicha qabul qilingan Qaror, Farmoyishlarini bilishi;
  4. Axborot va kiberxavfsizlik bo’yicha me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish va ijrosini nazorat qilishni bilishi;
  5. Veb-resurslarda zaifliklarni aniqlash bo’yicha tajriba;
  6. Biror bir skript tilida dasturlash qobiliyatiga ega bo’lish;
  7. OWASP Top 10 ro’yxatiga kiritilgan veb-resurslarga tegishli bo’lgan kiberxavfsizlik tahdidlari va zaifliklarini bilish;
  8. Dasturiy mahsulotlarning manba kodlari (source code) xavfsizligini tahlil qilish;
  9. Axborot xavfsizligi siyosati bo’yicha tushunchasi bo’lishi;

Yetakchi mutaxassis:

  1. Kiberxavfsizlik yо‘nalishi sohasida oliy ma’lumotli diplomga ega bо‘lishi;
  2.  Axborot va Kiberxavfsizlik sohasida eng kamida 3 yillik ish tajribasiga ega bо‘lishi;
  3. Axborot xavfsizligi sohasini tartibga soluvchi qonun hujjatlarini bilishi;
  4. Axborotni kriptografik himoya qilish vositalarini ishlatish va o’rnatishni bilishi;
  5. Tarmoq texnologiyalarini bilishi;
  6. Kriptografik ximoya qilish vositalari VPN, DLP, SIEM, kirishni boshqarish tizimlarini bilishi;
  7. Operatsion tizimlar Linuxda ishlay olishi;
  8. Axborot xavfsizligi tizimini tashkil etishning asosiy talablari va axborot xavfsizligi standartlarini bilishi;

Nomzodlar tomonidan hujjatlar (spravka-ma’lumotnoma telefon raqami bilan, pasport va diplom nusxasi) «Hududiy elektr tarmoqlari» AJning info@het.uz elektron pochtasiga 2023-yil 06-noyabr kuniga qadar yuborilishi lozim.

Tanlov haqida qо‘shimcha ma’lumotlarni quyidagi telefon raqami orqali olish mumkin: +998-78-150-75-60.

 

  • 27.10.2023
  • 1193
Sayt xaritasi