ALOQA UCHUN

«HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI» AJ MARKAZIY APPARATIDAGI BO‘SH ISH O‘RINLARIGA TAKLIF ETADI

«HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI» AJ MARKAZIY APPARATIDAGI BO‘SH ISH O‘RINLARIGA TAKLIF ETADI

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Markaziy apparatidagi Elektr tarmoqlaridan foydalanish Bosh boshqarmasining “О‘ta muhim obyektlar bilan ishlash xizmati” bosh mutaxassis lavozimiga quyidagi talablarga javob beradigan nomzod doimiy ishga qabul qilinadi:  

oliy ma’lumotli, soha yо‘nalishlarda kamida 5 (besh) yil mehnat staji ega bо‘lishi;

О‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilgan va oshirilayotgan oxirgi siyosiy, iqtisodiy va huquqiy о‘zgarishlar tо‘g‘risida tushunchaga ega bо‘lishi va sohaga tegishli normativ-huquqiy hujjatlarni bilishi;

elektr tarmoqlarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari, Energetika korxonalari uchun yong‘in xavfsizlik qoidalari;

elektr uskunalarining tuzilishi qoidalari;

elektr qurilmalarda foydalaniladigan himoya vositalarini sinash va qo‘llash  qoidalari;

elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlarini muhofaza qilish qoidalari;

eektr qurilmalarini sinash qoidalarini bilishi;

iste’molchilarning elektr ta’minoti ishonchliligini ta’minlanishiga qarab elektr qabul qiluvchilarning toifalari va elektr ta’minotining ishonchligini ta’minlashni bilishi;

podstansiyalar, transformator punktlari va elektr uzatish tarmoqlardagi ishlar bilan bog‘liq bо‘lgan xavf tо‘g‘risidagi aniq tasavvurga ega bо‘lishi, elektr qurilmalarning uskunalarini tuzilishi va joylashishini bilishi;

elektr qurilma va uskunalar ishonchli va barqaror ishlashini ta’minlanishini;

0,4-110 kVli elektr uzatish tarmoqlari, podstansiyalari va transformator punktlari tasdiqlangan reja asosida joriy va mukammal ta’mirlash ishlarining bajarilishini bilishi;

kompyuterning Microsoft Office (Word, Exsel, PowerPoint) dasturlarida ishlashni bilishi;

o‘zbek va rus tillarini bilishi va ushbu tillarda xat-hujjatlar bilan ishlay olishi.

Nomzodlar tomonidan hujjatlar (spravka-ma’lumotnoma telefon raqami bilan, pasport va diplom nusxasi) «Hududiy elektr tarmoqlari» AJning info@het.uz elektron pochtasiga 2023-yil 06-noyabr kuniga qadar yuborilishi lozim.

Tanlov haqida qо‘shimcha ma’lumotlarni quyidagi telefon raqami orqali olish mumkin: +99878 150-75-60.

  • 27.10.2023
  • 610
Sayt xaritasi