Andijonda “Energetika va kommunal soha ob’ektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorlash, anomal sovuqlarda sodir bo’lishi mumkin bo’lgan favqulotda vaziyatlarni oldini olish va bunday vaziyatlarda to’g’ri harakat qilish” mavzusida hamkorlikdagi qoʼmondonlik-shtab oʼquv mashqlari oʼtkazildi.
Oʼquv mashqlarning ochilishida Favqulodda vaziyatlar vazirligi boshqarma boshlig'i polkovnik F. Abdiqodirov tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyatiga tashrifi davomida kuz-qish mavsumini betalofat oʼtkazish boʼyicha alohida bergan topshiriqlari, kuz-qish mavsumida kommunal sohada yuzaga kelishi mumkin boʼlgan avariyalar bilan bogʼliq vaziyatga batafsil toʼxtalib oʼtdi.
Аlohida taʼkidlandiki, oʼtgan yilgi anomal sovuqda yuzaga kelgan avariyalardan kelib chiqib, obʼektlarning bu yil kuz-qish mavsumida barqaror ishlashini taʼminlash maqsadida qisqa muddatda rejali taʼmirlash ishlarini yakunlash va mavsumga tayyorgarlikni taʼminlash boʼyicha amaliy harakatlarni yakuniga yetkazish zarur.
Ma’lumot o’rnida aytish joizki, bugungi kunda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali tomonidan kuz-qish mavsumida aholini sifatli elektr energiyasi bilan taʼminlash maqsadida oʼrnatilgan beton tayanchlarga 54 km uzunlikda SIP kabellar tortish hamda ishga tushirilmagan 39 ta transformator punktlarini ishga tushirish ishlari rejalashtirilgan bo’lib, shundan Аndijon shahar, Аndijon, Аsaka, Marhamat, Qoʼrgʼontepa, Buloqboshi, Jalaquduq, Baliqchi, Izboskan, Oltinkoʼl, Ulugʼnor, Paxtaobod, Boʼston, Shahrixon tumanlariga 40 km uzunlikda SIP kabel va transformator punktlarni ishga tushirish uchun 4 tonna ochiq simlar yetkazib berilib, ishlar boshlandi. Hozirga qadar 40,0 km (100 foiz) uzunlikda SIP kabellar tortilib, 22 dona transformator punkti ishga tushirilgan.
Oʼquv mashqlari koʼrgazmali shaklda tashkil etilib, ularni oʼtkazish davomida har bir shahar va tuman elektr taʼminoti boʼlimlari tomonidan mavsumga puxta tayyorgarlik koʼrish, avariyalar sodir boʼlganda tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish ishlarini tashkil etish boʼyicha bilim va koʼnikmalarini oshirish, avariya holatlarida hududiy boshqaruv organlarining hamkorlikdagi harakatlarini takomillashtirish, shuningdek, zahira materiallar toʼplamlari namoyishi, ularning soni hamda harakat qilish tartiblariga aniqlik kiritish kabilarga alohida eʼtibor qaratildi.
Mashq yakuniga bagʼishlangan tadbirda “Huduiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali tomonidan bajarilgan ishlar tayyor deb baholandi. Ayrim xato va kamchiliklar ham koʼrsatib oʼtildi va masʼullarga tegishli topshiriqlar berildi.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali matbuot xizmati.