ALOQA UCHUN

QASHQADARYOДА “QOʻMONDONLIK-SHTAB OʻQUV MASHQI” O‘TKAZILDI

Qashqadaryo viloyati hududidagi energetika va kommunal  soha obyektlarining 2023-2024 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi yuzasidan “Qoʻmondonlik-shtab oʻquv mashqi” o‘tkazildi. 

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruv raisining birinchi о‘rinbosari A. Izbosarov ishtirokida о‘tgan mashg‘ulotlar jarayonida Qashqadaryo hududiy filiali tasarrufidagi Shimoliy-35/6KV nimstansiyasi T-2 kuch transformatorida sodir boʻlgan avariyani bartaraf etish, ushbu nimstansiyadan chiquvchi 6 kVli “Xiyobon” HL shkastlangan qismini ETL-10 laboratoriyasi bilan izlab topish va ulash muftasini qoʻshish, “Cho‘lquvar” MFY hududida joylashgan koʻp qavatli uylarni elektr energiya bilan taʼminlovchi 400 kVa quvvatli 122-sonli TPga qoʻshimcha quvvati 250 kVa transformator punkti oʻrnatish, kabel liniyasini yotqizish, “Istiqlol” MFY da “Mittituman” nimstansiyasidan chiquvchi 6 kVli “Istiqlol” HL da singan temir-beton ustunini almashtirish va uzilgan simlarni almashtirish kabi amaliyotlar bajarildi.

"Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Qashqadaryo hududiy filiali matbuot xizmati.

  • 24.08.2023
  • 1005
Sayt xaritasi