Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 18–mart kungi PQ-172-sonli “2022-2026 yillarda "Obod qishloq" va "Obod mahalla" dasturlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan Sirdaryo viloyatida elektr ta’minoti og‘ir bo‘lgan hududlarda elektr ta’minotini yanada yaxshilash maqsadida yangi elektr uzatish tarmoqlari va qo‘shimcha transformator punktlari rekonstruksiya qilish ishlari olib borilmoqda.
Sirdaryo tumanidagi "Baxmal" mahallalasida aholi xonadonlariga sifatli elektr energiyasi ta’minoti yetkazib berish maqsadida 66 dona temir-beton ustunlar o'rnatilib, 2 km uzunlikda elektr uzatish tarmoqlari qurildi.
Shuningdek 1 dona yangi transformator punkti o‘rnatish ishlari amalga oshirildi.
Olib borilgan amaliy ishlar natijasida ushbu hudud aholisi sifatli va uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlanishiga erishiladi.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Sirdaryo hududiy filiali matbuot xizmati.