Kuni kecha "Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Qashqadaryo hududiy filiali hamda filial tarkibidagi korxonalarda mavjud muammolar va ularni bartaraf etish choralari, shuningdek, xodimlarning hatti-harakati va odob-axloq qoidalariga rioya etishlari, korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir masalalar bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ boshqaruv raisi o‘rinbosari O. Alimardonov, viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlar mas'ulllari qatnashgan tadbirda yurtimizda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida olib borilayotgan ishlar, mazkur illatni bartaraf etishning qonuniy asoslariga batafsil to‘xtalib o‘tildi.
Yig‘ilishda, shuningdek, davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini ta’minlash, korxonada korrupsiyaviy omillarni yo‘qotish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish, mansabdor shaxslarning o‘z mansab vakolatlarini suiiste’mol qilmaslik masalalari keng muhokama qilindi.
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Qashqadaryo hududiy filiali matbuot xizmati.