«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali tasarrufidagi barcha tuman elektr ta’minoti korxonalarida aholiga sifatli elektr energiyasi yetkazib berish boʻyicha keng koʻlamli mukammal va joriy ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
Xususan, Yakkasaroy tuman elektr ta`minoti ishchi-xodimlari tomonidan tumanning «X. Sulaymon» MFY hududidagi aholi yashash xonadonlarini elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida, 1263-sonli transformator punktidan ta`minlanuvchi elektr uzatish havo tarmogʻiga 500 metrdan ortiqroq yangi zamonaviy SIP kabel tarmogʻi tortib berildi. Ayni vaqtda, ushbu transformator punktidan taʼminlanuvchi quvvati HL-10 kV boʻlgan yuqori kuchlanishli elektr uzatish havo tarmogʻidagi yangi zamonaviy SIP rusumidagi kabel tarmogʻiga aholini ulash ishlari olib borilmoqda.
Mazkur loyiha yakuni bilan ushbu MFY hududidagi 200 dan ortiq isteʼmolchilarning elektr taʼminoti yaxshilanishiga erishiladi.
Bundan tashqari, filial mutasaddilari tomonidan xodimlarning mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya etishlari boʻyicha kunlik amaliy ishlardan oldin yoʻriqnomalar oʻtkazilishi yoʻlga qoʻyilgan.
Olib borilayotgan bunday amaliy ishlarning barchasi poytaxt isteʼmolchilarini sifatli hamda ishonchli elektr energiyasi bilan taʼminlashga qaratilgandir.
«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali matbuot xizmati.