ALOQA UCHUN

QAROR IJROSI: POYTAXT TUMANLARIDA ELEKTR TA’MINOTI YAXSHILANMOQDA

О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11 mart kuni qabul qilingan “Toshkent shahridagi iste’molchilarini energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash chora-tadbirlari tо‘g‘risida” PQ-91-son qaroriga asosan poytaxt iste’molchilarining energiya resurslariga о‘sib borayotgan talabini ta’minlash va elektr tarmoqlarining о‘tkazuvchanlik qobiliyatini oshirish kо‘zda tutilgan bо‘lib, bu borada “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan tegishli ishlar amalga oshirilmoqda. 

Xususan,  Jamiyatning Toshkent shahar filiali mutaxassislari say-harakati bilan Olmazor tumanida joylashgan “Sag‘bon” podstansiyada ikkita 25 MVA quvvatli transformator о‘rniga ikkita 40 MVA quvvatli hamda “Yunusobod” va “Qо‘qon” podstansiyalarda 40 MVA quvvatli transformatorlar о‘rniga 63 MVA quvvatli transformatorlar о‘rnatildi.

Bundan tashqari Yunusobod tuman aholisining elektr energiya ta’minotini yanada yaxshilashga qaratilgan ishlar doirasida 110 kVli “Dok-1,2” elektr uzatish tarmog‘ini “Yunusobod” podstansiyasiga ulash uchun uzunligi 2,3 km (jami 15,6 km) bо‘lgan 110 kVli kAbelь tarmog‘i qurildi.

Bu kabi ishlar Yashnobod tumanida ham amalga oshirildi. Tumandagi Olmos va Gо‘zal mahallalari hamda ushbu hududda qurilayotgan kо‘p qavatli uy-joylarning elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida, «Olmos» MFY hududida 110/35/10 kVl kuchlanishli podstansiya va 3 km elektr uzatish tarmog‘i qurilib, foydalanishga topshirildi.

“Olmos” podstansiyasida ikkita 63000 kVli kuch transformatori о‘rnatilgan bо‘lib, Olmos, Chinor, Bahor, Tuzel 1-2-3-4 mazelari, Arg‘in, Mirishkor, Jarboshi kabi mahallalarning  30 000 dan ziyod xonadonlarini elektr energiyasi bilan ta’minlaydi.

Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan “Botanika” va “Astranomiya” podstansiyalari oralig‘idagi kAbelь tarmog‘ini yangilash ishlari doirasida esa 3,7 km (22,2 km) hamda Shayxontohur tumanida joylashgan “Sokin” va “Xadra” podstansiyalari oralig‘idagi kabel tarmog‘ini yangilash ishlari doirasida 3,8 km (22,8 km) uzunlikdagi 35 kV kAbelь tarmog‘i yangilandi.

Shuningdek, “Traktorsoz” podstansiyasidan “Toshkent siti” podstansiyasigacha 110 kV kabel tarmog‘ini qurish ishlari jadallashtirilgan. “Navoiy KMK” AJ tomonidan 6,8 km (jami 40,1 km) kabel tortildi.

Yuqoridagi ishlarni sifatli bajarish uchun shu kungacha 118 km kabel mahsulotlari va 208 ta mufta olib kelindi. Bundan tashqari 18 ta kuch transformatori Xitoydan olib kelish uchun shay qilib qо‘yilgan.

Qarorga asosan past kuchlanishli elektr tarmoqlarini yangilash dasturiga muvofiq 903 km past kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari hamda 228 ta transformator punktida yangilash va modernizatsiya ishlari yakuniga yetkazilganini qayd etish joiz.

Joriy yil yakuniga qadar Yunusobod, Shayxontohur, Mirzo Ulug‘bek, Yashnobod va Yangihayot tumanlarida umumiy quvvati 664 MVA bо‘lgan 5 ta 110 kV kuchlanishli podstansiya hamda 51,9 km 35 kV va 110 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari qurilishi hamda 4 ta podstansiya rekonstruksiya qilinishi orqali quvvatlar 179 MVAga oshirilishi rejalashtirilgan.

Shu bilan birga, jismonan eskirgan 32,5 km 110 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari zamonaviy turdagi simlarga hamda 16,7 km 35-110 kV kuchlanishli kAbellar zamonaviy turdagi kabellarga almashtiriladi.

Ma’lumot uchun. 1991-2016 yillarda shaharda 16 ta hamda 2017-2023 yillarda 3 ta 35-110 kV podstansiyalar qurilgan.

Poytaxt tumanlarida elektr ta’minoti yaxshilash bо‘yicha kelgusida ham muayyan ishlar amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Xususan, 2024-2025 yillarda past kuchlanishli elektr tarmoqlarini yangilash dasturi doirasida jami 2 046,5 km past kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari hamda 475 ta transformator punktlari yangilanishi belgilangan.

Natijada, qо‘shimcha 800 MVtdan ortiq quvvat paydo bо‘lishi orqali poytaxtimiz iste’molchilariga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishi ta’minlanadi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati.

  • 11.08.2023
  • 881
Sayt xaritasi