ALOQA UCHUN

RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga tegishli 1154-qisqa raqamli Сall markaziga  qо‘ng‘iroq qilish, xuddi shuningdek Telegram ijtimoiy tarmog‘idagi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ bilan muloqot kanalining adminlari tomonidan murojaatlarga javob qaytarishda qiyinchiliklar bо‘layotganligi  tо‘g‘risida xabar tarqaldi.

Mazkur holatlar yuzasidan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ quyidagilarni ma’lum qiladi.

Ayni paytda mamlakatimizda kuzatilayotgan issiq havo tufayli elektr energiyasiga tushayotgan ortiqcha yuklamalar tufayli tarmoqlarda hamda transformator puktlarida kuzatilayotgan avariyaviy hodisalar sabab elektr energiyasida uzilishlar kо‘paygan. Bu esa, о‘z navbatida, Jamiyatnig barcha aloqa kanallariga murojaat qiluvchilar soni ortishi va ma’lum vaqt oralig‘ida 1154 Сall markazi hamda ijtimoiy tarmoqlar faoliyatida qisqa muddatli uzilishlarga sabab bо‘ldi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr sо‘ragan holda, Jamiyat tomonidan aloqa kanallari hamda qisqa raqamli Сall markaz faoliyatini takomillashtirish yuzasidan qator ishlar olib borilayotganini bildirib о‘tamiz.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati.

  • 23.07.2023
  • 939
Sayt xaritasi