ALOQA UCHUN

"HAQIQAT" PODSTANSIYASI KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYOR

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali tomonidan mukammal ta'mirdan chiqarilgan Gurlan tumanidagi "Haqiqat" 110/35/10 kVli podstansiyasi butkul o'zgacha ko'rinishga va mukammallikga ega bo'ldi.

Gurlan tumanida joylashgan mazkur podstansiya 1986-yildan buyon aholi va ijtimoiy soha ob'yektlariga elektr energiyasini yetkazib berishda xizmat qilmoqda. 

Joriy yilning 2-choragida "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali tomonidan mukammal ta'mirdan chiqarilgan, hozirda zamonaviy ko'rinishga ega bo'lgan ushbu podstansiyada mutaxassislar tomonidan T-2 10000 kVli transformatori hamda elektr qurilmalarni yangisiga almashtirish va bo'yoqlash ishlari amalga oshirilb, yo'laklar qurildi.

Ushbu mukammal ta'mirlash ishlari natijasida 3500 ga yaqin aholi va ijtimoiy soha ob'yektlarning elektr ta'minoti yanada yaxshilanadi.

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali matbuot xizmati.

  • 08.08.2023
  • 915
Sayt xaritasi