ALOQA UCHUN

“FAYZIOBOD” PODSTANSIYASI MUKAMMAL TA’MIRDAN CHIQARILMOQDA

Ma’lumki, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko’rish doirasida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali Podstansiyalar xizmati xodimlari tomonidan hududlarda joylashgan podstansiyalarda mukammal hamda joriy ta’mirlash ishlari izchillik bilan olib borilmoqda. Xususan, joriy yilning o’tgan vaqti davomida bir nechta podstansiyalarda mukammal ta’mirlash ishlari bajarildi. 

Ayni vaqtda soha mutaxassislari tomonidan Andijon tumanida joylashgan 110/10 kV kuchlanishli “Fayziobod” podstnsiyasida navbatdagi mukammal ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Ushbu podstansiyadagi T-2 16 ming kVA kuch transformatorida mukammal ta’mirlash ishlari yakunlangach, tumanning "Fayziobod" MFY hududida joylashgan sanoat zonalaridagi tadbirkorlar hamda aholi iste’molchilariga elektr energiyasi yetkazib berishda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan nosozliklarni oldi olinishiga erishiladi.

Hozirda mukammal ta’mirlash ishlari davom etmoqda.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali matbuot xizmati.
 

  • 07.08.2023
  • 817
Sayt xaritasi