Bosh prokuratura boshqarma katta prokurori A. Sattarov boshchiligidagi respublika ishchi guruhi tomonidan Namangan hamda Farg‘ona viloyatlarida elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari samaradorligini oshirish yuzasidan olib borilayotgan amaliy ishlar о‘rganib chiqildi.
Namangan viloyatidagi о‘rganishlar jarayonida Yangiqо‘rg‘on tumani, "Quyi Qorapolvon" MFY hududidagi elektr qurilmalarda olib borilayotgan mukammal ta’mirlash, Namangan shahri, "Yangi asr" MFY hududidagi 110/6 kV "Nestle" podstansiyasida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik, "Alpomish" MFY hududidagi iste’molchilar hisoblagichlarining mansublik chegarasiga chiqarilganligi yuzasidan bajarilgan ishlar kо‘zdan kechirildi. Namangan shahri, "Beruniy" MFYda joylashgan elektr qurilmalarni ta’mirlash ustaxonasi va saqlash omborxonasida bо‘lgan ishchi guruh tomonidan bu yerda tashkil etilgan ish jarayonlari ham atroflicha о‘rganib chiqildi.
Ishchi guruh, shuningdek, "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Namangan hududiy filialida bо‘lib, bu yerdagi "Data-sentr" va dispetcherlik markazi imkoniyatlari bilan tanishtirildi.
“Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tasarrufidagi zamonaviy polimer izolyatorlar, sip-armaturalar, traverslar hamda temir-beton tayanchlari ishlab chiqarish sexida bо‘lgan ishchi guruh korxona faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Qariyb 5 milliard sо‘mlik mazkur loyiha doirasida bu yerda yillik 140 ming dona 5 turdagi polimer izolyatorlar ishlab chiqarilishi yо‘lga qо‘yilgan bо‘lib, mahalliylashtirish natijasida yillik 3,5 milliard sо‘m mablag‘ tejab qolinishiga erishilmoqda. Bugungi kunda korxonaning polimer izolyatorlariga bо‘lgan yillik talabi hisobga olinsa, ushbu loyiha 1,5 yilda tо‘liq о‘zini qoplaydi. Yangi sexda 20 dan ortiq doimiy ish о‘rinlari yaratilgan.
Ishchi guruh tomonidan iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadigan ushbu loyihalar samaradorligini oshirish bо‘yicha tavsiyalar berildi.
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Matbuot xizmati.