Oltinko’l tumanining "Katta oqtepa” MFY Mustaqillik ko’chasida belgilangan manzilli dastur doirasida rekonstruksiya va modernizatsiya ishlari olib borildi.
Mahallada yashovchi 180 dan ortiq aholi xonadonlarini elektr energiyasi sifatini yaxshilash maqsadida 70 dan ortiq yangi tayanchlar o’rnatilib 3,5 km uzunlikdagi yangi tarmoq tortish ishlari amalga oshirildi.
Shuningdek, quvvati 160 kVA bo’lgan transformator punkti ishga tushirilib foydalanishga topshirildi.
Ayni vaqtda aholi xonadonlarini to’liq yangi tarmoqqa o’tkazilib, elektr energiyasi bilan bog’liq muammolar bartaraf etildi.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali matbuot xizmati.