«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11-martdagi «Toshkent shahridagi iste`molchilarni energiya resurslari bilan barqaror ta`minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-91-sonli qaroriga asosan Yashnobod va Mirzo Ulug`bek tumanlarida elektr tarmoqlarini yangilash va modernizatsiya bo`yicha keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Ayni vaqtda, Yashnobod tuman elektr ta'minoti ishchi-xodimlari tomonidan tumanning «Tovkantepa» MFYning Shox tepa va Yangihayot ko`chalari hududlaridagi aholi yashash xonadonlarining elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida, dastur doirasida hududdagi mavjud 0,4 kVli elektr uzatish havo tarmogʻidagi eski alyumin simlar olib tashlanib, yangi zamonaviy SIP rusumidagi kabel tarmoqlariga almashtirilmoqda.
Shuningdek, Mirzo Ulug`bek tumanining «Shahrisabz» mahallasida elektr ta'minotini yaxshilash va aholining elektr energiyasi iste'moliga bo'lgan talabini to'laqonli qondirish maqsadida, hududdagi 2115-, 2116-sonli hamda 2117-sonli transformator punktlari oralig'idagi yer osti taqsimlovchi kabel tarmoqlarni yangilash maqsadida, uzuznligi 3 km bo`lgan 10 kVli yer osti kabel tarmoqlarini yangilash ishlari amalga oshirildi.
Hududlarda elektr tarmoqlarini yangilash hamda modernizatsiya qilish ishlari davom etmoqda.
«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali matbuot xizmati.