ALOQA UCHUN

QO’RG’ONTEPA TUMANINING YANA BIR MAHALLASIDA ELEKTR ENERGIYASI SIFATI YAXSHILANADI

"Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishiga asosan hududlarda elektr tarmoqlari va transformator punktlarini yangidan qurish ishlari olib borilmoqda.

Xususan, Qo’rg’ontepa tumanining “Ma’murobod” MFY o’ramidagi Chorgoh ko’chasida rekonstruksiya va modernizatsiya ishlari belgilangan tartibda bajarilmoqda. Mahallada yashovchi 100 dan ortiq aholi xonadonlarini elektr energiyasi sifatini barqarorligini ta’minlash maqsadida quvvati 250 kVA bo’lgan transformator punkti olib kelib o’rnatish ishlari olib borilmoqda. 

Shuningdek, 37 dona temir-beton tayanchlar olib kelinib o’rnatilmoqda. Endilikda 950 m uzunlikdagi zamonaviy SIP kabel tarmoqlarini tortish ishlari ham rejalashtirilgan.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali matbuot xizmati.
 

  • 27.07.2023
  • 854
Sayt xaritasi