Konimex tuman elektr ta’minoti xodimlari tomonidan ham elektr uzatish tarmoqlarini yangilash va rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshirilmoqda.
Xususan, tumandagi Shurkul mahallalasida 2 dona 160 kVAli transformator punkti, eski yogʻoch ustunlar oʻrniga 116 ta temir-beton tayanchlar o‘rnatilib, 3 km. dan ziyod tarmoq tortish ishlari rejalashtirilgan.
Ayni damda hududda temir-beton tayanchlarni tiklash ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Navoiy hududiy filiali matbuot xizmati.