ALOQA UCHUN

“OLTIARIQ” PODSTANSIYASIDA TA’MIRLASH ISHLARI OLIB BORILDI

Oltiariq tumanida joylashgan Oltiariq, Qo‘shtepa hamda Farg‘ona tumanlarini ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi "Oltiariq" podstansiyasi belgilangan rejaga asosan joriy ta’mirdan chiqarildi.

Mutaxassislar tomonidan mazkur podstansiyada bo‘yoqlash, mavjud kuch transformatorini moy sathini rostlash, elektr qurilmalarni to‘liq ko‘rikdan o‘tkazish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish ishlari bajarildi. 

Mavsum oldi olib borilgan bu kabi amaliy ishlar natijasida kelgusida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklar oldi olinib, elektr qurilmalar orqali sifatli elektr energiyasi bilan ta'minlashga xizmat qiladi.

“Farg‘ona HETK” AJ matbuot xizmati.

  • 26.07.2023
  • 839
Sayt xaritasi