ALOQA UCHUN

QO'SHKO'PIR TUMANINING 4 TA MAHALLASIDA YANGI TRANSFORMATOR PUNKTLARI O'RNATILMOQDA

Xorazm viloyatidagi mahallalarning elektr energiyasi ta'minotini yaxshilash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishiga asosan hududlarda elektr tarmoqlari va transformator punktlarini yangidan qurish ishlari davom etmoqda.

Xususan, Qo'shko'pir tumanining 4 ta mahallasida yuklamada ishlayotgan transformator punktlarini yuklamasini kamaytirsh maqsadida 7 km uzunlikda 10, 0,4 kVli elektr tarmog'lar hamda 2 dona 160 kVli, 2 dona 250 kVA bo'lgan transformator punktlarini o'rnatish ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek, "Yoshlik" mahallasidagi 4466-sonli transformator punkti yuklamasini kamaytirish maqsadida yangidan 1,3 km elektr tarmog'i va 250 kVAli transformator punkti o’rnatilib, havo harorati +40°C bo'lishiga qaramay xodimlar mantaj ishlarini davom etirishmoqda.

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali matbuot xizmati.

  • 25.07.2023
  • 851
Sayt xaritasi