ALOQA UCHUN

YUQORI KUCHLANISHLI ELEKTR UZATISH TARMOG'IDA YUZAGA KELGAN NOSOZLIK BARTARAF ETILMOQDA

Yashnobod tumanining: "Yangiobod" va "Aviasozlar" mavzelarining "Birlashgan", "Mahmur", "Ko'ksaroy", "Nodira", "Yangiobod", "Donishmand", "Barkamol",  "Navro'zobod", "Aviasozlar" MFYlari hamda 58-sonli Harbiylar shaharchasi hududidagi iste'molchilarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi 110/35/10 kVli “Hosilot” podstantsiyasidan ta'minlanuvchi 110 kV bo'lgan yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmog'ida favqulodda avariya holatida elektr ta'minotida uzilish sodir bo‘ldi.

Ayni vaqtda, «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filialining tezkor chiqish brigadalari zarur elektr qurilmalar hamda maxsus avtotransport vositalari bilan mazkur nosozlikni bartaraf etishga jalb etilgan. 

Tez orada mazkur nosozlik to‘liq bartaraf etilib, tarmoq orqali elektr energiyasi yetkazib berilishi to‘liq tiklanadi. 

  • 21.07.2023
  • 814
Sayt xaritasi