ALOQA UCHUN

MAHALLALARDA YANGI TARMOQ QURISH ISHLARI DAVOM ETADI

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 13 iyundagi 346-sonli Farmoyishiga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasida joriy yil oxiriga qadar 387,1 km havo elektr uzatish tarmoqlari va 98 ta transformator punktlarini yangidan qurish va rekonstruksiyalash ishlarini bajarish nazarda tutilgan. 

Mahallalarda elektr ta’minotini yaxshilashga xizmat qiluvchi mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ tomonidan Nukus shahriga 18 ta transformator punktlari yuborilgan edi.

Ushbu yuk manziliga yetib keldi va Qoraqalpog‘iston hududiy filialida qabul qilib olindi.

Shu kunning o‘zida TP lar  markazdan olisda joylashgan va elektr energiyasi ta’minotida muammolari bo‘lgan mahallalarga yuborila boshladi.

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Qoraqalpog‘iston hududiy filiali matbuot xizmati.

  • 18.07.2023
  • 838
Sayt xaritasi