ALOQA UCHUN

ELEKTR TARMOQLARINI YANGILASH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali tasarrufidagi Chilonzor tuman elektr ta’minoti mutaxassislari tomonidan tuman hududidagi iste`molchilarni uzluksiz elektr energiyasi bilan ta'minlash maqsadida, yer osti kabel tarmoqlarini yangilash ishlari jadallik bilan olib borilmoqda. 

Jumladan, mazkur tumanning «2-charx Kamolon» MFYning Muqumiy ko`chasi hududidagi ko`p qavatli aholi yashash xonadonlarining elektr ta'minotini yaxshilash va aholining elektr energiyasi iste'moliga bo'lgan talabini to'laqonli qondirish maqsadida, hududdagi 1270-sonli transformator punktidan ta`minlanuvchi yer osti taqsimlovchi kabel tarmoqlarni yangilash maqsadida, uzunligi 1 kmdan ortiq bo`lgan 6 kVli yer osti kabel tarmoqlarini yangilash ishlari amalga oshirildi. 

Mazkur loyiha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11-martdagi «Toshkent shahridagi istemolchilarni energiya resurslari bilan barqaror taminlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-91-sonli Qaroriga muvofiq bajarilmoqda.

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali matbuot xizmati.

  • 17.07.2023
  • 820
Sayt xaritasi