ALOQA UCHUN

1200 DAN ORTIQ ISTE’MOLCHILARNING ELEKTR TA’MINOTI YAXSHILANMOQDA

"Farg‘ona HETK" AJ tomonidan Toshloq tumanining 6 ta – “Qipchoqariq”, “Varzak”, “O’zbekiston”, “Tegirmonboshi”, “Arabmozor” hamda “Ahshaxguzar” mahalla fuqarolar yig’inlari hududlarini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi 110/35/10 kVli “Dehqonobod” podstansiyasidan chiquvchi 10 kVli “Varzak” elektr uzatish tarmog’i belgilangan rejaga asosan mukammal ta’mirlanmoqda.

Mutaxassislar tomonidan uzatmaning salqi simlarini tortish hamda nosoz qismini yangilash, nosoz izolyatorlarni yangisiga almashtirish, tayanchlarni tik holatga keltirish ishlari olib borilmoqda.

Bu kabi amaliy ishlar natijasida uzatma orqali sifatli elektr energiyasi yetkazib berilishiga va kelgusida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan uzilishlar oldi olinishiga xizmat qiladi.

Ta’mirlash ishlari yakuni bilan uzatma orqali elektr energiya bilan ta’minlanadigan 1200 dan ortiq iste’molchilarning elektr ta’minoti yaxshilanadi.

Hududlarda ta’mirlash ishlari davom etmoqda.

"Farg‘ona HETK" AJ matbuot xizmati.

  • 13.07.2023
  • 775
Sayt xaritasi