ALOQA UCHUN

“HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJ FILIALLARIDAGI KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH VA KOMPLAYENS-NAZORAT BО‘LIMI BOSHLIG‘I HAMDA MUTAXASSIS LAVOZIMLARIGA TANLOV E’LON QILINADI

“HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJ FILIALLARIDAGI KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH VA KOMPLAYENS-NAZORAT BО‘LIMI BOSHLIG‘I HAMDA MUTAXASSIS LAVOZIMLARIGA TANLOV E’LON QILINADI

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tizimi tarkibidagi Navoiy hududiy filiali Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens-nazorat bо‘limiga bо‘lim boshlig‘i va Toshkent shahar hududiy filiali, Toshkent viloyati hududiy filiali, “Davlat xaridlari markazi” filiali, “Elektr energiyasini sotishni avtomatlashtirish markazi” filiali Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens-nazorat bо‘limi bosh mutaxassisi hamda “Davlat va shartnomaviy xizmatlarini rivojlantirish” filiali Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens-nazorat xizmatchisi lavozimlari uchun tanlov о‘tkazadi.

Lavozim majburiyatlari:

tizim korxonalari faoliyatida korrupsiyani keltirib chiqaruvchi xavfni baholash va boshqarish bо‘yicha takliflar ishlab chiqish;

tizim korxonalarida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni aniqlashga, ularning oldini olishga va chek qо‘yishga, oqibatlarini, shuningdek, ushbu jinoyatga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etishga doir chora-tadbirlar ishlab chiqish, amalga oshirilishini ta’minlash;

xodimlar tomonidan kasbiy odob-axloq qoidalariga qat’iy rioya etish va xizmat vazifalarini bajarishda har qanday korrupsion holatlar,
shu jumladan, manfaatlar tо‘qnashuvi haqida xabar berish masalalarini tartibga solish;

jamiyat korxonalarida korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish tо‘g‘risida amaldagi meyoriy hujjatlarning ijrosini monitoring qilish;

korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish davlat dasturlari bо‘yicha jamiyatga yuklatilgan vazifalar bajarilishi ustidan monitoring va nazoratni amalga oshirish;

moliyaviy va boshqa huquqbuzarliklarni aniqlash, oldini olish bо‘yicha amaliy yordam kо‘rsatish va tizimli monitoring о‘tkazish;

jamiyat tomonidan amalga oshirilayotgan xaridlar va boshqa faoliyatning qonunchilikka mosligini monitoring qilish;

faoliyatga tegishli boshqa masalalar.

Nomzodlarga talablar:

yuridik, iqtisod, moliya, soliq va audit hamda boshqa mutaxassisliklari bо‘yicha oliy ma’lumotga egaligi;

moliya, soliq, komplayens-nazorat, audit va ichki nazorat, iqtisod, huquq bilan bog‘liq va boshqa sohalarda bо‘lim boshlig‘i lavozimiga 5 yildan kam bо‘lmagan hamda bosh mutaxassis (xizmatchi) lavozimiga 3 yildan kam bо‘lmagan ish tajribasi;

kompyuterda ishlashni mukammal bilish (Microsoft Office, Excel, Word, PowerPoint, Outlook, Internet);

ma’lumotlarni, hisobotlarni tahlil qilish, mustaqil fikrlash, g‘oyaviy ijodkorlik, jamoa bilan va о‘z ustida muntazam ishlash kо‘nikmalariga ega bо‘lish;

faoliyat bо‘yicha xizmat safarlariga tayyor bо‘lish;

rus tili hamda boshqa xorijiy tillarni mukammal bilishi yuqori baholanadi.

Ish haqi kelishilgan holda belgilanadi. Ish haqidan tashqari, mukofotlar, qо‘shimcha tо‘lovlar va ustamalar qо‘llaniladi. Amaldagi mehnat qonunchiligiga muvofiq ish olib boriladi.

Tanlov quyidagi bosqichlarda о‘tkaziladi:

1. Hujjatlar qabuli, hujjatlarni kо‘rib chiqish va baholash;

2. Test sinovlarini о‘tkazish;

3. Individual suhbat.

Tanlovda ishtirok etish uchun:

talabgorlar quyida berilgan pochta manziliga kerakli hujjatlarni (obyektivka-qaysi lavozim bо‘yicha hujjat topshirilganligi bо‘yicha ma’lumot, (tel. raqam), pasport, diplom va uning ilovalari, mehnat daftarchasi va boshqalar) yuborishi lozim.

Dastlabki saralash bosqichlaridan о‘tgan nomzodlar bilan test sinovlari о‘tkaziladi va 70 foizdan yuqori natijaga erishgan xodimlar bilan suhbat о‘tkaziladi.

Tanlovning har bir bosqich natijasi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning rasmiy veb-sayti (het.uz), Telegram va boshqa ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida e’lon qilib boriladi.

Hujjatlarni topshirish 2023 yil 10 iyulga (mazkur kun hisobda) qadar qabul qilinadi.

Batafsil ma’lumotlarni quyidagi telefon raqami orqali olishingiz mumkin: +99878 150-75-61.

Hujjat topshirish uchun pochta manzili: x.allamuradov@het.uz

Telegram: https://t.me/ucell2040

  • 26.06.2023
  • 1018
Sayt xaritasi