“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Markaziy apparatidagi Elektr tarmoqlaridan foydalanish bosh boshqarmasining О‘ta muhim obyektlar bilan ishlash xizmati yetakchi mutaxassisi lavozimiga quyidagi talablarga javob beradigan nomzod doimiy ishga qabul qilinadi:
oliy ma’lumotli;
soha yо‘nalishlarida kamida 5 (besh) yil mehnat stajiga ega bо‘lishi;
Kompyuterning Microsoft Office (Word, Exsel, PowerPoint) dasturlarida ishlashni bilishi;
Jamiyatning rejalashtirish ishlarini tashkil etishni bilishi;
О‘zbekiston Respublikasida amalda bо‘lgan sohaga tegishli normativ-huquqiy hujjatlarni bilishi;
elektr energetika sohasidagi meyoriy-huquqiy hujjatlar va ichki idoraviy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish hamda texnik jihatdan tartibga solish usullari bilishi;
Jamiyatning tarkibiy bо‘linmalari faoliyatini texnik nuqtai nazardan tahlil qilish usullarini bilishi;
tarmoq va podstansiyalarning ishlashi va ularning faoliyati bо‘yicha hisobotlarni tuzish tartibini bilishi;
о‘zbek va rus tillarini bilishi va ushbu tillarda xat-hujjatlar bilan ishlay olishi;
О‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilgan va oshirilayotgan oxirgi siyosiy, iqtisodiy va huquqiy о‘zgarishlar tо‘g‘risida tushunchaga ega bо‘lishi.
Nomzodlar tomonidan hujjatlar (spravka-ma’lumotnoma telefon raqami bilan, pasport va diplom nusxasi) «Hududiy elektr tarmoqlari» AJning info@het.uz elektron pochtasiga 2023 yilning 22 iyun kuniga qadar yuborilishi lozim.
Tanlov haqida qо‘shimcha ma’lumotlarni quyidagi telefon raqami orqali olish mumkin: +998-78-150-75-67.