ALOQA UCHUN

“HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJ MARKAZIY APPARATIDAGI BO‘SH ISH O‘RINLARIGA TANLOV E’LON QILADI

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Markaziy apparatidagi Elektr tarmoqlaridan foydalanish bosh boshqarmasining Ishlab chiqarish va texnika xizmati yetakchi mutaxassisi lavozimiga quyidagi talablarga javob beradigan nomzod doimiy ishga qabul qilinadi:

oliy ma’lumotli;

soha yо‘nalishlarida kamida 5 (besh) yil mehnat stajiga ega bо‘lishi;

kompyuterning Microsoft Office (Word, Exsel, PowerPoint) dasturlarida ishlashni bilishi;

Jamiyatning rejalashtirish ishlarini tashkil etishni bilishi;

О‘zbekiston Respublikasida amalda bо‘lgan sohaga tegishli normativ-huquqiy hujjatlarni bilishi;

elektr energetika sohasidagi meyoriy-huquqiy hujjatlar va ichki idoraviy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish hamda texnik jihatdan tartibga solish usullarini bilishi;

Jamiyatning tarkibiy bо‘linmalari faoliyatini texnik nuqtai nazardan tahlil qilish usullarini bilishi;

tarmoq va podstansiyalarning ishlashi va ularning faoliyati bо‘yicha hisobotlarni tuzish tartibini bilishi;

o‘zbek va rus tillarini bilishi va ushbu tillarda xat-hujjatlar bilan ishlay olishi;

О‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilgan va oshirilayotgan oxirgi siyosiy, iqtisodiy va huquqiy о‘zgarishlar tо‘g‘risida tushunchaga ega bо‘lishi.

Nomzodlar tomonidan hujjatlar (spravka-ma’lumotnoma telefon raqami bilan, pasport va diplom nusxasi) «Hududiy elektr tarmoqlari» AJning info@het.uz elektron pochtasiga 2023 yilning 22 iyun kuniga qadar yuborilishi lozim.

Tanlov haqida qо‘shimcha ma’lumotlarni quyidagi telefon raqami orqali olish mumkin: +998-78-150-75-67.

 

 

  • 15.06.2023
  • 471
Sayt xaritasi