Izboskan tumanida joylashgan 110/6 kV kuchlanishli “Alamaydon” podstansiyasidagi T-2 10 ming kVA bo’lgan kuch transformatori 2022 yil qish mavsumida o’ta yuklama bilan ishlaganligi sababli ushbu podstansiyani quvvatini oshirish maqsadida zahiradagi 16 ming kVA bo’lgan kuch transformatoriga almashtirildi.
Natijada “Alamaydon” podstansiyasida qo’shimcha 6 ming kVA quvvat oshirilishiga erishildi.
Bu, o’z navbatida, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko’rish va Paxtaobod, Izboskan tumanlarida yashovchi aholi xonadonlarini sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun xizmat qiladi.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali matbuot xizmati.