ALOQA UCHUN

“MUSTAQILLIK” PODSTANSIYASI MUKAMMAL TA'MIRLANMOQDA

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm hududiy filiali tomonidan podstansiyalarda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan avariyaviy holatlarni oldini olish, elektr qurilmalarni o’z vaqtidan ko’rikdan o’tkazish ishlari hududlar kesimida davom etmoqda.

Ayni vaqtda Nimstansiya xizmati xodimlari tomonidan Urganch tumanida joylashgan “Mustaqillik” podstansiyasida mukammal ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Ushbu ishlar natijasida 3150 ta xonadon aholisining elektr energiyasi sifati yanada yaxshilanadi. 

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali matbuot xizmati.

  • 08.06.2023
  • 450