ALOQA UCHUN

POYTAXT TUMANLARINING AYRIM HUDUDLARIDA ELEKTR ENERGIYASI TAʼMINOTIDA UZILISHLAR KUZATILADI

POYTAXT TUMANLARINING AYRIM HUDUDLARIDA ELEKTR ENERGIYASI TAʼMINOTIDA UZILISHLAR KUZATILADI

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali matbuot xizmatining xabar berishicha, bugun, 8-iyun kuni Toshkent shahrining Yashnobod, Bektemir hamda Chilonzor tumanlari hududidagi qisman aholi yashash xonadonlarida elektr energiyasi soat 10:00 dan 18:00ga qadar vaqtinchalik oʻchiriladi.

Isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasini yetkazib berilishini taʼminlash, shuningdek, elektr tarmoqlarida sodir boʻlishi mumkin boʻlgan avariya holatlarini oldini olish, hamda taʼmirlash ishlarini xavfsiz bajarish maqsadida:

BEKTEMIR tumanining: "Iyk ota" MFYning Ma'rifat va Hurriyat ko'chalari hamda "Oltintopgan"MFYning Oltintopgan ko'chalari hududidagi aholi yashash xonadonlarida;

YASHNOBOD tumanining:  Baku, Boysun, G'ijduvon, Hovot, Marv, M.Ashrafiy hamda Qashqadaryo ko'chalari hududidagi aholi yashash xonadonlarida;

CHILONZOR tumanining: Nurxon, Afshona hamda Qo'shchinor ko'chalari  hududidagi aholi yashah xonadonlarida elektr energiyasi vaqtinchalik oʻchiriladi.

Iste’molchilarga elektr energiyasini sifatli hamda ishonchli yetkazib berish, yuzaga kelishi mumkin bo’lgan avariyali uzilishlarni oldini olish va tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan belgilangan Davlat dasturlari asosida hududlarda past kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarini yangilash va modernizatsiya qilish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirib kelinmoqda.

Shu sababli ushbu xududlardagi aholi yashash xonadonlarida elektr energiyasidan vaqtinchalik uzilishlar kuzatilmoqda.

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali mazkur taʼmirlash ishlari tufayli elektr energiyasi taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali matbuot xizmati.

  • 08.06.2023
  • 888
Sayt xaritasi