Mamlakatimiz aholisining elektr uskuna va jihozlardan foydalanish ko‘lami yildan-yilga kengayib bormoqda. Shuningdek, respublikamizda kichik biznes va tadbirkorlikning jadal rivojlanayotgani elektr energiyasi iste’molining kun sayin oshib borishiga sabab bo‘lmoqda. Bu esa elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash tarmoqlarini izchil rivojlantirish, yangi ob’yektlar qurish hamda mavjudlarini yangilanib borish zaruratini yuzaga keltirmoqda.
Uchko‘prik tumanida ham tadbirkorlik sub’yektlari, ijtimoiy soha ob’yektlari hamda aholi xonadonlarini elektr energiyasi bilan barqaror ta’minlash choralari ko‘rilmoqda. Tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan mavjud transformator punktlarini bosqichma-bosqich ta’mirlash, yangilarini o‘rnatish, shuningdek, elektr uzatish tarmoqlarini tortish bo‘yicha salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, “Puchug‘oy” mahalla fuqarolar yig‘inida ham past kuchlanishli elektr tarmoqlarini yangilash va modernizasiya qilish dasturiga asosan elektr tarmoqlarini yangilash hamda modernizasiya qilish ishlari olib borilmoqda. Mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi mavjud 160 kVa quvvatli transformator punkti yuklamasini yengillatish maqsadida qo‘shimcha transformator olib kelindi.
Ayni vaqtda tuman elektr ta’minoti korxonasi mutaxassislari tomonidan quvvati 250 kVAa bo‘lgan yangi transformator punktini o‘rnatish va undan chiquvchi elektr uzatish havo tarmog‘ini montaj qilish ishlari olib borilmoqda. Mazkur ishlar natijasida hududdagi 200 dan ziyod aholi xonadonida elektr ta’minoti yanada yaxshilanadi.
“Farg’ona HETK” AJ matbuot xizmati.