“HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJNING HURMATLI AKSIYADORI!
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ ushbu bilan 2023 yil 27 iyun kuni soat 11:00 da Toshkent shahri, Osiyo kо‘chasi, 8-uy manzilida Jamiyat aksiyadorlarining 2022 yil yakuni bо‘yicha navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishi о‘tkazilishi tо‘g‘risida xabardor qiladi.
Aksiyadorlarni (ularning vakillarini) rо‘yxatga olish soat 10:30 dan – 11:00 gacha amalga oshiriladi.
Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishi soat 11:00 da boshlanadi.
Jamiyat Kuzatuv kengashi tomonidan:
- Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishi о‘tkazilishi tо‘g‘risida aksiyadorlarni xabardor qilish uchun Jamiyat aksiyadorlarining reyestrini shakllantirish sanasi 2023 yil
1 iyun etib belgilangan.
- Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishida ishtirok etish uchun jamiyat aksiyadorlarining reyestrini shakllantirish sanasi 2023 yil 21 iyun etib belgilangan.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ aksiyadorlarining 2022 yil yakuni bо‘yicha navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishi kun tartibi:
1. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ aksiyadorlarining navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishidagi sanoq komissiyasi tarkibi va a’zolarini tasdiqlash tо‘g‘risida.
2. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning 2022 yil yakunlari bо‘yicha moliyaviy-xо‘jalik faoliyati natijalari yuzasidan Jamiyat Ijro organining hisobotini kо‘rib chiqish.
3. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning 2022 yil yakunlari bо‘yicha yillik hisobotini tasdiqlash.
4. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Kuzatuv kengashining 2022 yilda amalga oshirgan ishlari tо‘g‘risidagi hisobotini kо‘rib chiqish.
5. 2022 yil yakunlari bо‘yicha “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ korporativ boshqaruv tizimini mustaqil baholash natijalarini kо‘rib chiqish.
6. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning 2022 yil yakunlari bо‘yicha moliyaviy-xо‘jalik faoliyati yuzasidan Jamiyat Taftish komissiyasining hisobotini kо‘rib chiqish.
7. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning 2022 yil yakunlari bо‘yicha moliyaviy-xо‘jalik faoliyati yuzasidan auditorlik tashkiloti xulosasini kо‘rib chiqish.
8. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning 2022 yil yakunlari bо‘yicha foyda va zararlar hisobotini taqsdiqlash va aksiyadorlarga dividendlar tо‘lash tartibi masalasini kо‘rib chiqish.
9. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning Ustavi va ichki korporativ hujjatlarini yangi tahrirda tasdiqlash tо‘g‘risida.
10. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning Kuzatuv kengashi a’zolarini saylash masalasini kо‘rib chiqish.
11. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning Boshqaruv a’zolarini saylash masalasini kо‘rib chiqish.
12. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning Taftish komissiyasi a’zolarini saylash masalasini kо‘rib chiqish.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ aksiyadorlarining 2022 yil yakuni buyicha navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishi bо‘yicha tо‘liq ma’lumot va hujjatlar bilan Toshkent shahri, Osiyo kо‘chasi, 8-uy manzilida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning ma’muriy binosida haftaning shanba va yakshanba kunlaridan tashqari har kuni soat 9:00 dan 18:00 gacha tanishish yoki (78) 150-73-45 telefoni orqali murojaat qilish mumkin.