Guliston tumanida elektr energiyasi ta’minotini yanada yaxshilash va Davlat dasturlari ijrosini ta'minlashga qaratilgan amaliy ishlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
Guliston tuman "Sohil" mahallasida tuman elektr ta’minoti xodimlari tomonidan 300 metr uzinlikda 10 kVli elektr tarmoqlari tortilib, quvvati 160 kVA bo'lgan yangi transformator punkti o'rnatildi.
Shuningdek, ushbu mahallaga 1 km uzunlikda zamonaviy SIP havo tarmoqlari tortish ishlari olib borildi.
Hozirda viloyatimiz hududlari bo’yicha tarmoqlarni yangilash va modernizasiya qilish ishlari davom ettirilmoqda.
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Sirdaryo hududiy filiali matbuot xizmati.