“Buxoro HETK” AJning ishlab chiqarish ob'ektlari bilan yaqindan tanishildi
Avval xabar berganimizdek, bugun “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari” AJdaк Buxoro shahridagi birinchi elektr stansiyasining ishga tushirilganiga 100 yil to‘lishi munosabati bilan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.
Kunning ikkinchi yarmida tadbir ishtirokchilari elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishni avtomatlashtirish tizimi (ASKUE) xonasida bo‘lib, tizim afzalliklari, ayniqsa bu yerda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Aytish o‘rinliki, mazkur tizim respublika bo‘ylab aynan Buxoro viloyatida birinchilar qatori tashkil etilgan bo‘lib, soha mutaxassislari bu borada katta tajribaga ega hisoblanadi.
Tanishuv davomida mehmonlar viloyat bo‘ylab to‘liq tatbiq etilgan tizimning bugungi ish faoliyati va erishilgan natijalar to‘g‘risida o‘zlarining qiziqtirgan savollariga to‘liq javob olishdi.
Shu bilan bir qatorda ishtirokchilar Jamiyat qoshida tashkil etilgan ishlab chiqarish sexlari faoliyati bilan ham yaqindan tanishdilar.
Jondor tumanida faoliyati yulga quyilgan temir-beton tayanch ustunlar sexida bugungi kunda 30 ga yaqin xodim faoliyat olib borib, bu yerda kuniga 80 dona temir-beton ustunlari ishlab chiqarilmoqda.Shuningdek, sexda travers va boshqa zarur jihozlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.
Tadbir ishtirokchilari “Buxoro HETK” AJ tomonidan yo‘lga qo‘yilgan ishlab chiqarish jarayonlarini yuqori baholashdi.
“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati