ALOQA UCHUN

“BUXORO HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJ – 100 YoShDA (1923-2023)

“BUXORO HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJ  –  100 YoShDA 

(1923-2023)

Bugun “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari” AJda Buxoro shahridagi birinchi elektr stansiyasining ishga tushirilganiga 100 yil to‘lishi munosabati bilan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Boshqaruv raisi tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur tadbirda boshqaruv apparati rahbariyati, tarkibiy korxonalar hamda Jamiyaning hududiy filiallari mutasaddilari, viloyat tizim idoralari vakillari, faxriylar hamda yoshlar ishtirok etdilar. 

Tadbir doirasida ishtirokchilar Jamiyatda yangidan tashkil etilgan muzey faoliyati bilan ham tanishib, Buxoro shahridagi birinchi elektr stansiyasining ishga tushirilishi tarixi, o‘tgan davr mobaynida bosib o‘tilgan zalvorli yo‘l, korxona faxriylari va bugungi kunda  viloyat elektr energetikasi tizimini rivojlantirish yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘zlovchi eksponatlarni ko‘zdan kechirdilar.  

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari Alvar Gaybullaev tadbirni kirish so‘zi bilan ochar ekan, sohada faoliyat yuritayotgan barcha energetiklar hamda faxriylarni ushbu qutlug‘ sana bilan muborakbod etib, tizim rivoji yo‘lida olib borayotgan faoliyatlarini alohida e'tirof etib o‘tdi.

Ta'kidlanganidek, keyingi yillarda viloyatda aholi va ulgurji iste'molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta'minlash, Davlat dasturlari asosida elektr tarmoqlarini modernizasiya va rekonstruksiya qilish borasida Jamiyat tomonidan keng ko‘lamli ishlar bajarilmoqda. 

“Buxoro HETK” bosh direktori Bahodir Hayotov tadbirda so‘z olib, yuqoridagi yutuqlar zamirida, avvalo, rahbariyat tomonidan soha rivojiga qaratilayotgan e'tibor, qolaversa viloyat energetiklarining matonatli mehnati, ishiga bo‘lgan mas'uliyat va sadoqati mujassam ekanligiga alohida to‘xtalib o‘tdi.

– Bizning energetiklarimiz bosib o‘tgan shonli yo‘l haqiqatan asrga tatigulikdir. Aynan Buxoro shahrida 100 yil avval birinchi elektr stansiyasi ishga tushirilishi orqali bugun viloyatimiz   yanada taraqqiy etib, xalqimizning turmush farovonligi ortib bormoqda. Ishonchim komil, bugun ham barcha xodimlarimiz ayni ezgu maqsad yo‘lida faxriylarimiz o‘gitlari, mutaxassislarimiz tajribasi asosida faoliyatlarini sharaf bilan davom ettiradilar, – dedi B. Hayotov.

Tantanali marosim yakunida “Buxoro HETK” AJ faxriylariga hamda o‘zoq yillik faoliyati davomida o‘zining matonatli mehnati orqali energetika sohasi rivojiga katta hissa qo‘shgan jamityatning bir guruh xodimlariga “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va O‘zbekiston energetika, neft'-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasining faxriy yorliqlari hamda “Buxoro HETK” AJning 100 yillik yubileyi ko‘krak nishoni topshirildi.   

“Buxoro HETK” matbuot xizmati

  • 18.05.2023
  • 1506
Sayt xaritasi