“HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJ MARKAZIY APPARATIDAGI BO‘SH ISH O‘RINLARIGA TANLOV E’LON QILADI
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Markaziy apparatidagi Markaziy buxgalteriya va moliya boshqarmasi yetakchi mutaxassisi lavozimiga quyidagi talablarga javob beradigan nomzod doimiy ishga qabul qilinadi:
- oliy ma’lumotli;
- ish haqi hisob kitobi bo’yicha buxgalter bo’lib kamida 2 (ikki) yil mehnat tajribasiga ega;
- kompyuterning Microsoft Office (Word, Exel, PowerPoint) dasturlarida ishlashni bilishi;
- jamiyatning rejalashtirish ishlarini tashkil etishni bilishi;
- 1-C dasturining 8.3 versiyasida (ish haki, hisobotlar, xodimlarni boshqarish va boshqa punktlar) mukammal ishlay olishi;
- jismoniy shaxslarning daromadidan olinadigan soliq, jismoniy shaxslarning jamg‘arib boriladigan pensiya jamg‘armasiga tо‘lovlar, statistika qо‘mitasiga va boshqa davlat organlariga yuboriladigan hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantirib, hisobdor organlarga taqdim eta olishi;
- Jamiyatning tarkibiy bo‘linmalari faoliyatini iqtisodiy nuqtai nazardan tahlil qilish usullarini bilishi;
- o‘zbek va rus tillarini bilishi va ushbu tillarda xat-hujjatlar bilan ishlay olishi.
Nomzodlar tomonidan hujjatlar «Hududiy elektr tarmoqlari» AJning info@het.uz elektron pochtasiga 2023 yilning 16 may kuniga qadar yuborilishi lozim.
Tanlov haqida qo‘shimcha ma’lumotlarni quyidagi telefon raqami orqali olish mumkin: +998-78-150-75-67.