ALOQA UCHUN

KUZ-QISH MAVSUMIDA ELEKTR ENERGIYASI RESURSLARIDAN OQILONA VA SAMARALI FOYDALANAYLIK

KUZ-QISH MAVSUMIDA ELEKTR ENERGIYASI RESURSLARIDAN OQILONA VA SAMARALI FOYDALANAYLIK

Barcha joylarda bo‘lgani kabi, Uchko‘prik tuman elektr ta'minoti korxonasida ham barcha tegishli chora-tadbirlar belgilanib, mavsumga shay holatga keltirildi.

Tarmoqda avariyali uzilishlarni qisqa vaqt ichida bartaraf etish uchun kechayu kunduz ishlaydigan navbatchilik guruhlari tashkil etilgan.

Shu o‘rinda, elektr ta'minoti korxonalari tomonidan avariya holatlarini bartaraf etish borasida qilinayotgan ishlar: mehnati naqadar mushkulligi, sovuq kunlarda ochiq havoda ta'mirlash ishlarini olib borayotgan ishchi-xodimlar mehnatini borasida so‘z yuritsak.

Birgina yuzaga kelgan vaziyat haqida…

Uchko‘prik tumani Guliston qishlog‘ida joylashgan transformator punkti 110/10 “Uchko‘prik” nimstansiyasidan chiquvchi 10 kVli Otajonov fideriga ulangan 45-sonli quvvati 100 kVA bo‘lgan transformator punkti yuklamani ortishi sabab joriy yilning 14 noyabr kuni kech soat 23:10 larda avariya holatida o‘chgan. Zudlik bilan tuzilgan ishchi guruh tomonidan ushbu transformator punkti ta'mirlanib, 15 noyabr kuni soat 17:00 da kuchlanish berilgan. Transformator punkti normal rejimda ishlagan.

Shundan so‘ng, 20 noyabr kuni “Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ rahbariyati topshirig‘iga asosan, Uchko‘prik tuman elektr ta'minoti korxonasi ishchi-xodimlari (elektromontyorlar) tomonidan mazkur transformator punkti qaytadan joriy ta'mirdan chiqarildi. (Naryad №782)

Bunga sabab esa... Hududdagi transformator punkti quvvati, ushbu punktga ulangan iste'molchilar iste'mol quvvatiga yetarli. Lekin, kunning sovushi natijasida iste'molchilar tomonidan elektr energiyasidan xonadonlarini isitish uchun foydalanishlari oqibatida iste'mol hajmi keskin ortgan va transformator punktida qizish yuzaga kelgan. Hududga gaz tarmog‘i tortilgan bo‘lib, ancha yillardan beri tabiiy gaz bosimi berilmayotgani hudud aholisi tomonidan haqli e'tirozlarga sabab bo‘lmoqda. Shu bilan birga suyultirilgan gaz bilan hudud aholisi doimiy ta'minlanib kelinmoqda.

Ta'kidlash joizki,  mutaxassislar tomonidan aholi o‘rtasida elektr energiyasidan samarali, oqilona foydalanish to‘g‘risida tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Zero, bu bilan xonadonimizni ta'minlab turgan elektr qurilmalarini uzoq yillar xizmat ko‘rsatishi hamda sifatli elektr energiyasi yetkazib berilishiga erishishimiz mumkin bo‘ladi.

Bugungi kunda iste'molchilarimizdan elektr energiyasi resurslaridan oqilona va samarali foydalanish, ularning isrof bo‘lishini oldini olish, shu bilan birga, elektr jihozlaridan foydalanishda xavfsizlikka rioya etishlarini so‘rab qolamiz.

 “Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ Matbuot xizmati

  • 29.11.2019
  • 2468
Sayt xaritasi