Bugun Mirzo-Ulug‘bek tumanining ayrim hududlarida elektr energiyasida vaqtincha uzilish bo‘ladi
Bugun, 26 noyabr kuni Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumaniga qarashli 2055-sonli transformator punktidagi 160 kVA quvvatli transformator 250 kVA quvvatlisiga almashtirish ishlarini xavfsiz bajarish maqsadida, Feruza mavzesi “Yalong‘och ota” mahallasidagi 8, 10, 12 va 16-sonli ko‘p qavatli aholi xonadonlarida elektr energiyasi soat 12:00 dan 15:00 qadar vaqtinchalik o‘chiriladi.
“Toshkent shahar ETK” AJ mazkur ta'mirlash ishlari tufayli elektr energiyasi ta'minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun iste'molchilardan uzr so‘raydi.