"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Toshkent shahar filiali tasarrufidagi Yashnobod tuman elektr ta'minoti tomonidan keng koʻlamli ishlar olib borilmoqda.
Jumladan, tuman elektr ta'minoti ishchi-xodimlari tomonidan tumanning “Mirishkor” MFYning Darxon hamda Darxon bosh berk ko'chalari hududidagi aholi yashash xonadonlarining elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida, dastur doirasida hududdagi mavjud 0,4 kVli elektr uzatish havo tarmogʻidagi eski alyumin simlar olib tashlanib, yangi SIP rusumidagi kabel tarmoqlariga almashtirilmoqda.
Bundan tashqari, hududda joylashgan 227-sonli transformator punktidan ta'minlanuvchi HL-0,4 kV bo'lgan past kuchlanishli elektr uzatish havo tarmog'idagi eski yog'och ustunlarni olib tashlash va yangi temir beton ustunlarni o`rnatish ishlari olib borilmoqda.
Ayni vaqtda, joylarda rekonstruksiya va modernizatsiya ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.
«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali matbuot xizmati.