ALOQA UCHUN

“HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJ MARKAZIY APPARATIDAGI BO‘SH ISH O‘RINLARIGA TANLOV E’LON QILADI

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJning Mustahkamlik va xavfsizlik texnikasi xizmatiga mutaxassis lavozimiga quyidagi talablarga javob beradigan nomzodlar suhbat asosida doimiy ishga qabul qilinadi:

Talablar:

Energetika sohasida oliy texnik ma’lumotli, energetika tizimi korxonalarida xavfsizlik texnikasi, mehnat muhofazasi va 0,4-110 kV elektr tarmoqlarda va uskunalarda texnik ekspluatatsiya qilish, yong‘in xavfsizligi va birinchi yordam kо‘rsatish  yо‘nalishida kamida 5 yil ish tajribasiga ega bо‘lishi;

ushbu yо‘nalishdagi meyoriy qoidalarni bilishi;

xavfsizlik texnikasi va mexnat muhofazasi bо‘yicha xodimlarni о‘qitish tajribasiga ega;

kompyuter savodxonligi – Microsoft office (Excel, Word, Power Point) dasturlarida ishlashni mukammal bilishi lozim.

Nomzodlar yuborishi kerak bо‘lgan hujjatlar:

Ma’lumotnoma-obyektivka;

Pasport nusxasi;

Diplom nusxasi.

Nomzodlar bilan suhbat о‘tkazish manzili: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Osiyo kо‘chasi, 6-uy.  

Bogʻlanish uchun (78) 150-73-41 telefon raqami orqali murojaat qilishingiz mumkin.

Eslatma: nomzodlar tomonidan hujjatlar «Hududiy elektr tarmoqlari» AJning info@het.uz elektron pochtasiga 2023 yilning 12 aprel kuniga qadar yuborilishi lozim.

 

  • 05.04.2023
  • 1143
Sayt xaritasi