ALOQA UCHUN

“HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJ MARKAZIY APPARATIDAGI BO‘SH ISH O‘RINLARIGA TANLOV E’LON QILADI

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJning “ Kiberxavfsizlikni ta’minlash” xizmati boshlig’i va yetakchi mutaxassisi lavozimlariga quyidagi talablarga javob beradigan nomzodlar tanlov asosida doimiy ishga qabul qilinadi:

Umumiy talablar:

Axborot xavfsizligi va axborot texnologiyalari yo’nalishida oliy ma’lumot va 3 yildan ortiq ish tajribasi;

Tarmoq va telekommunikatsiya resurslari, xizmatlari va ilovalari bilan ishlay olishi;

IT va operatsion ekspertiza boʻyicha koʻnikmaga egaligi;

Jamoaviy ishlash va qiyin vaziyatlarda tezkor fikr yuritish qobiliyatiga egaligi;

Axborot va kiberxavfsizlik boyicha meyoriy hujjatlarni bilishi;

MS Word va Excel dasturlarida ishlay olishi;

O’zbek tili va Rus tilini bilishi (ingliz tili maqsadga muvofiq).

Vazifalar:

Korxona axborot xavfsizligini ta’minlash;

Kiber hujumlarga qarshi ishonchli himoya tizimini shakllantirish;

Bino xavfsizligini ta’minlash;

Axborot va kiberxavfsizlik boyicha meyoriy hujjatlarni ishlab chiqish va ijrosini nazorat qilish.

Nomzodlar oʻz ma’lumotnomalarini rus yoki oʻzbek tillarida (CV Word shaklida) info@het.uz elektron pochtasiga yuborishi soʻraladi.

Bogʻlanish uchun (78) 150-75-60 telefon raqami orqali murojaat qilishingiz mumkin.

Eslatma: Hujjatlar 2023 yil 14 aprel soat 18:00 gacha qabul qilinadi. Tanlovda ishtirok etish uchun taqdim etilgan hujjatlar komissiya tomonidan koʻrib chiqiladi hamda nomzodni keyingi bosqichga o’tmaganligi sabablari va asoslari e’lon qilinadi. Tanlovga taqdim etilgan hujjatlarning to’g’riligi uchun nomzod javobgar hisoblanadi.

  • 31.03.2023
  • 1160
Sayt xaritasi