ALOQA UCHUN

“HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJ JAMIYATNING “ELEKTR ENERGIYASINI SOTISHNI AVTOMATLASHTIRISH MARKAZI” FILIALIDA BOʻSH ISH OʻRINLARIGA TANLOV E’LON QILADI

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJning “Elektr energiyasini sotishni avtomatlashtirish markazi” filiali “Axborot va kiberxavfsizlikni ta’minlash” boʼlimiga bo’lim boshlig’i, bosh mutaxassis, yetakchi mutaxassis va mutaxassis lavozimlariga quyidagi talablarga javob beradigan nomzodlar tanlov asosida doimiy ishga qabul qilinadi:

Umumiy talablar:

axborot xavfsizligi va axborot texnologiyalari yo’nalishida oliy ma’lumot va yetarli ish tajriba;

tarmoq va telekommunikatsiya resurslari, xizmatlari va ilovalari bilan ishlash boʻyicha ma’lumotga ega boʻlishi;

 IT va operatsion ekspertiza boʻyicha koʻnikmaga ega boʻlishi;

 MS Word va Excel dasturlarida ishlay olish;

rus tilini bilishi (ingliz tili maqsadga muvofiq);

jamoaviy ishlash va qiyin vaziyatlarda tezkor fikr yuritish qobiliyati;

axborot va kiberxavfsizlik boyicha meyoriy hujjatlarni bilish.

Vazifalar:

korxona axborot xavfsizligini ta’minlash;

kiber xujumlarga qarshi ishonchli himoya tizimini shakllantirish;

bino xavfsizligini ta’minlash;

axborot va kiberxavfsizlik boyicha meyoriy hujjatlarni ishlab chiqish va ijrosini nazorat qilish;

Nomzodlar oʻz ma’lumotnomalarini  rus yoki oʻzbek tillaridagi (CV Word shaklida) Telegramga ulangan raqam (94-676-47-47)ga  yuborishi soʻraladi.

Bogʻlanish uchun 71-207-23-70 telefon raqami orqali murojaat qilishingiz mumkin.

Eslatma: Hujjatlar 2023 yil 10 aprelgacha qabul qilinadi. Tanlovda ishtirok etish uchun taqdim etilgan hujjatlarni komissiya tomonidan koʻrib chiqilmaslik hamda nomzodni keyingi bosqichga qoʻymaslik sabablari va asoslari e’lon qilinmaydi. Tanlovga taqdim etilgan hujjatlarning to’g’riligi uchun nomzod javobgar hisoblanadi.

  • 29.03.2023
  • 1206
Sayt xaritasi