ALOQA UCHUN

NIMSTАNSIYALАRDА TА'MIRLАSH ISHLАRI OLIB BORILMOQDА

Аholi isteʼmolchilari va tadbirkorlik subʼektlarini sifatli va uzluksiz elektr energiyasi bilan taʼminlashga qaratilgan amaliy ishlar va qoʼshimcha chora-tadbirlar rejasi asosida Navoiy shahar elektr ta’minoti korxonasining nimstansiya xizmati xodimlarida Navoiy shahrining “Bogʼishamol” mahallasida joylashgan 110/35/10 kVli "Navoiy PTZ" nimstantsiyasining o’chirgichlari va bogʼlanmalarda joriy taʼmirlash ishlari olib borilmoqda. 

Oltita mahallaga elektr energiya yetkazib beruvchi ushbu nimstantsiyadagi olib borilgan samarali ishlar natijasida, hududlarda yashovchi 5000 dan ziyod aholi, 400 ga yaqin yuridik isteʼmolchilarning sifatli va barqaror elektr energiya bilan taʼminlanmoqda.

Bu boradagi ishlar viloyatimizning barcha hududlarida davom etmoqda.

"Hududiy elektr tarmoqlari" АJ Navoiy hududiy filiali matbuot xizmati.

  • 13.03.2023
  • 565