ALOQA UCHUN

GURLAN TUMANINING 2 TA MAHALLASIDA 4 TA TRANSFORMATOR PUNKTLARI YANGIDAN QURILDI

О‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2022  yil  6  avgustdagi “Mahallalarda infratuzilmani yaxshilash orqali aholiga qulay sharoitlar yaratish va tadbirkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi  435-sonli qaroriga muvofiq Gurlan tumanining “Nurliyo’l” va “Vatanparvar” mahallalarida yangidan transformator punktlari o'rnatildi.

Xususan, “Nurliyo’l” mahallasida mavjud transformator punktlariga qo’shimcha ravishda 250 kValik taransformator punkti yangidan qurildi. “Vatanparvar” mahallasida esa jami 3 dona transformator punktlari yani kuchlanishi 250 kValik 2 dona va 1 dona 160 kValik transformator punktlari yangidan o'rnatildi

Ushbu ishlar natijasida mahallalardagi 480 dan ortiq xonadon aholisining elektr energiyasi sifat yanada yaxshilandi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm hududiy filiali matbuot xizmati.
 

  • 03.03.2023
  • 715
Sayt xaritasi