Joylarda ayniqsa, qishloqlarda ijtimoiy-iqtisodiy soha ob’yektlari va aholi xonadonlariga barqaror elektr energiyasini yetkazib berish bo‘yicha "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Sirdaryo hududiy filiali tomonidan qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Sardoba tumani "Quyitosh" mahallasida mahalla aholisi tomonidan qol-bola tortilgan elektr tarmoqlari, loyiha asosida yangi tarmoqlarga almashtirilmoqda.
"Quyitosh" mahallasi aholisini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida 30 dona temir beton ustunlar o‘rnatilib, 1 km 0,4 kV havo tarmog‘i qurildi. Endilikda 1 dona 160 kVA quvvatdagi transformator punkti o‘rnatish bo‘yicha ish jarayonlar olib borilmoqda.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Sirdaryo hududiy filiali matbuot xizmati.