Yangi Namangan tuman elektr ta’minoti korxonasi ishchi xodimlari tomonidan aholini yanada uzluksiz va barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash, hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy holatni yaxshilashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Xususan, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 480-sonli Qarori asosida "Istiqbol" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan "Kamalak" kо‘chasida yangi о‘rnatilgan 73 dona temir beton tayanchlarga 3.8 km masofa SIP kabel tortish ishlari olib borilmoqda.Qо‘shimcha 250 kVA transformator punkti о‘rnatilish ishlari yakunlandi.
"Hududiy elektr tarmoqlari" Namangan hududiy filiali matbuot xizmati.