Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 670-sonli Qarori ijrosi bo’yicha hududlarni kompleks rivojlantirish, aholi turmush sharoitini yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Xususan, Qo‘rg‘ontepa tumanidagi "Dehqonobod" mahallasida aholini sifatli elektr energiyasi bilan ta'minlash ko‘lamini yanada oshirish maqsadida tuman elektr ta’minoti korxonasi xodimlari tomonidan 12 dona temir – beton tayanchlar hamda quvvati 100 kVA bo’lgan transformator punkti olib kelib o’rnatildi.
Shuningdek, 370 metr uzunlikdagi 10 kVli havo tarmog’i va 670 metr uzunlikdagi 0,4 kVli havo tarmoqlari tortish jarayonlari olib borilmoqda. Buning natijasida “Dehqonobod” mahallasi tarkibidagi 3 ta ko’chaning elektr energiyasi sifati yaxshilanishiga erishiladi.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali matbuot xizmati.