Buloqboshi tumanida aholini sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida keng ko’lamli ishlar boshlab yuborilgan.
Ayni kunlarda tumanning “Xontepa” MFY Ittifoq ko’chasiga Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 oktyabrdagi “2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi 408-sonli qarori ijrosi boʼyicha yangi temir-beton tayanchlar hamda quvvati 100 kVA bo’lgan transformator punkti o’rnatilib, hozirda ishga tushirish maqsadida montaj jaryonlari olib borilmoqda.
Shuningdek, “Uchtepa” MFY Bo’ston ko’chasiga jami 48 dona temir-beton tayanchlar o’rnatilmoqda.
Bundan tashqari tumanda aholi xonadonlari tomonidan kelib tushayotgan murojaatlar Buloqboshi tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan nazoratga olinib, hal etish choralari ko’rilmoqda.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali matbuot xizmati.