ALOQA UCHUN

DIQQAT! “HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJ JAMIYAT KUZATUV KENGASHINING MUSTAQIL A’ZOSI LAVOZIMIGA NOMZOD TANLASH UCHUN TANLOV E’LON QILADI!

DIQQAT! “HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJ JAMIYAT KUZATUV KENGASHINING MUSTAQIL A’ZOSI LAVOZIMIGA NOMZOD TANLASH UCHUN TANLOV E’LON QILADI!
  1. Ish haqida ma’lumot

Korxona nomi:

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ

Tip:

 

Lavozim:

Aksiyadorlik jamiyati kuzatuv kengashining mustaqil a’zosi

Muddati:

3 yil, qayta saylanishi mumkin

Ish joyi:

О‘zbekiston Respublikasi

  1. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ haqida ma’lumot

О‘zbekiston Hukumati Energetika sohasida jiddiy islohotlarni amalga oshirmoqda. О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil mart oyida tugatilayotgan “О‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati negizida elektr energiyasini ishlab chiqarish (“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ), uzatish (“О‘zMET” AJ) va taqsimlash (“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ) bо‘yicha uchta alohida korxona tashkil yetish tо‘g‘risida qarori qabul qilingan.

Hukumat kelgusida ilg‘or xalqaro tajribaga asoslanib, islohotlarni tо‘g‘ri amalga oshirishni va institusional islohotlar bilan bir qatorda fundamental jihatlar bо‘yicha chora va tadbirlar kо‘rishni rajalashtirmoqda. Jumladan: (1) maydalashtirilgan tashkilotlarning samarali faoliyat yuritishi uchun qulay korporativ boshqaruv tuzilmasini yaratish; (2) tarmoq siyosati va meyoriy-huquqiy bazani takomillashtirish; (3) energetika sektori korxonalarini moliyaviy sog‘lomlashtirishni ta’minlash uchun shaffof pul oqimlari va boshqaruvni joriy yetish bilan birga energiya tariflari va subsidiyalarini isloh qilish; (4) muvaffaqiyatli raqobatbardosh xususiy investitsiyalar bilan toza energiyaga о‘tishning boshlash; (5) О‘zbekiston hududida jismoniy va yuridik shaxslarga xizmatlar kо‘rsatishni takomillashtirish; (6) energiya kompaniyalarining insoniy va institusional salohiyatini mustahkamlash.

“Hududiy yelektr tarmoqlari” AJ zimmasiga yuklangan asosiy asosiy vazifalar quyidagilardan iborat:

  • elektr energiyasini yakuniy iste’molchilarga taqsimlovchi va sotuvchi hududiy yelektr tarmoqlari korxonalarini boshqarish;
  • taqsimlovchi tarmoqlarning xavfsiz va ishonchli ishlashini ta’minlash hamda iste’molchilarning elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlashga bо‘lgan ehtiyojlarini qondirish;
  • elektr taqsimlash tarmoqlarini rekonstruksiya qilish, modernizatsiya qilish va rivojlantirish bо‘yicha chora-tadbirlarini amalga oshirish.
  1. Kuzatuv kengashining yangi mustaqil a’zolaridan nimani kutmoqdamiz :
  • “Hududiy yelektr tarmoqlari” AJ tomonidan bajariladigan funksiyalarga yaqinligi va tushunishi;
  • Kompaniya Kuzatuv kengashining boshqa a’zolarini energetika sohasida, tijorat va notijorat sektorida, davlat yoki xususiy sektorda, biznes sohasida, ma’muriy, moliyaviy, iqtisodiy yoki huquqiy sohalarda bilim va tajriba bilan tо‘ldiruvchi Kuzatuv kengashining mustaqil a’zosi;
  • Zarur hollarda Kompaniya maqsadlari uchun boshqaruv organi vakili sifatida о‘z bilim va tajribasidan foydalanishga tayyorlik;
  • “Hududiy yelektr tarmoqlari” AJning strategik maqsadlarini ishonchli qо‘llab-quvvatlash qobiliyati;
  • Kompaniyaning strategiyasi va yо‘nalishini tekshirishga (va shakllantirishda yordam berish) va strategik darajada harakat qilishga qobiliyati bо‘lishi, shuningdek, Kompaniyaning Ijroiya organi tomonidan Kuzatuv kengashiga kiritilgan masalalar bо‘yicha tahlil qilishga va fikr shakllantirishga qobiliyati bо‘lishi;
  • Jamiyat Ijroiya organiga maslahatlar berishga qobiliyati bо‘lishi;
  • Kompaniyaning Kuzatuv kengashi tarkibida (uning tо‘liq va masofaviy ishtiroki ta’minlash sharti bilan) maslahatlar berishga va uning faoliyatini nazorat qilishga yetarli bilim va qobiliyatga ega bо‘lishi;
  • “Hududiy yelektr tarmoqlari” AJ qadriyatlariga hurmat kо‘rsatish, halollik, mas’uliyat, Kompaniyaga nisbatan xolis va mustaqil munosabatda bо‘lish;
  • Menejment, moliya va marketing bо‘yicha yetarli bilimga ega bо‘lish;
  • Kuzatuv kengashida ishlash uchun yetarli darajada vaqt ajratishga imkoniyati bо‘lishi.  Kengash ishida nafaqat majlislar davomida ishtirok yetish, balki Kuzatuv kengashi yig‘ilishlari oldidan materiallarni tо‘g‘ri va tо‘liq о‘rganish  uchun vakt ajrataolishi.
  • О‘zbekiston Respublikasining xalqaro munosabatlarini rivojlantirish sohasidagi bilimlar mamnuniyat bilan qabul qilinadi.
  1. Malaka:
  • Energetika, yoki elektrotexnika, yoki iqtisod, yoki moliya, yoki biznes, yoki menejment sohasida oliy ma’lumotga ega bо‘lish;
  •  Tashkilotchilik qobiliyatiga va boshqaruv organlarida yoki ma’muriy-boshqaruv funksiyalarini bajarishda va boshqa rahbarlik sohalarida kamida 5 yillik amaliy tajribaga ega bо‘lish;
  • Rus va/yoki ingliz va/yoki о‘zbek tillarini bilish;
  • Zamonaviy korporativ boshqaruv tamoyillarini bilish;
  •  Korporativ boshqaruvchi malaka sertifikatiga ega bо‘lish.
  1. Tanlov tartibi:
  • Nomzodlar “Hududiy yelektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisi nomiga (info@het.uz) elektron pochta manziliga 2023-yilning
    10-martigacha qisqa motivatsiya xati va rezyumeni yuborish orqali о‘z qiziqishlarini bildiradilar.
  • Kuzatuv Kengashining amaldagi a’zolari qaysi nomzodlarni suhbatga taklif qilishni aniqlaydilar va "Hududiy elektr tarmoqlari" AJning barcha ovoz beruvchi aksiyalariga ega bо‘lgan yagona aksiyador vakillari bilan birgalikda keyinchalik tanlangan nomzodni aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi muhokamasiga kiritish uchun nomzodlarni tanlash bо‘yicha komissiya tuzadilar;
  • Aksiyadorlik jamiyatining “Hududiy yelektr tarmoqlari” AJ Kuzatuv kengashining Mustaqil a’zosi lavozimiga tanlash bо‘yicha qо‘shimcha ma’lumotlarni yuqorida kо‘rsatilgan elektron pochta manzilidan yoki telefon (+998 78 150 75 60 yoki 78 150 73 45) orqali bilib olishingiz mumkin.
  1. Kuzatuv kengashining mustaqil a’zosiga qо‘yiladigan majburiy talablar

Quyidagi shaxslar "Hududiy yelektr tarmoqlari" AJ Kuzatuv kengashining mustaqil a’zosi bо‘lishi mumkin emas:

  • kompaniyada va (yoki) kompaniyaning affillangan shaxslarida oxirgi uch yil davomida ishlagan shaxs;
  • jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining besh yoki undan ortiq foiziga (bevosita va (yoki) affillangan shaxslar orqali) egalik qiluvchi aksiyador;
  • kompaniyaning yirik mijozi va (yoki) yirik yetkazib beruvchisi va (yoki) jamiyatning affillangan shaxsi bilan fuqarolik-huquqiy munosabatlarda bо‘lgan shaxs. Shu bilan birga, asosiy mijoz va yirik yetkazib beruvchi deb Jamiyat bilan bazaviy hisoblash miqdorining ikki ming barobaridan ortiq qiymatda shartnoma tuzgan shaxslar tan olinadi;
  • sо‘nggi uch yil davomida kompaniyaga va (yoki) jamiyatning affillangan shaxslariga auditorlik xizmatlarini kо‘rsatgan auditorlik tashkilotining xodimi;
  • jamiyat va (yoki) uning affillangan shaxslari bilan har qanday kelishuvga ega bо‘lgan shaxs, kuzatuv kengashi a’zosining vazifalari va funksiyalarining bajarilishini ta’minlash bilan bog‘liq shartnomalar bundan mustasno;
  • sо‘nggi uch yil davomida kompaniya boshqaruv organlari va ichki nazorat a’zosi va (yoki) jamiyatning affillangan shaxslari bilan yaqin munosabatda bо‘lgan yoki mulkiy munosabatda bо‘lgan shaxslar (ota-onalar, aka-uka, opa-singillar, о‘g‘illar, qizlar, turmush о‘rtoqlar, shuningdek, yer-xotinning ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari va farzandlari);
  • davlat organi yoki davlat korxonasi xodimi bо‘lgan shaxs.
  • 21.02.2023
  • 1103
Sayt xaritasi